Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Oʻtgan yilda aholi ikki barobar kam iste’mol va avtokreditlar oldi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda milliy valyutada rasmiylashtirilgan iste’mol va avtokreditlar hajmi ikki barobardan ko‘proq kamaydi.

2 daqiqa o‘qiladi

Oʻtgan yilda aholi ikki barobar kam iste’mol va avtokreditlar oldi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda milliy valyutada rasmiylashtirilgan iste’mol va avtokreditlar hajmi ikki barobardan ko‘proq kamaydi.

Qancha kredit olindi?

Yanvar—dekabr oylarida fuqarolar tomonidan 17,08 trln. so‘mlik avtokreditlar olindi, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 2,14 barobar kamdir.

Eng yuqori oylik ko‘rsatkichlar yanvar va may oylariga to‘g‘ri keldi, o‘shanda 1,7 trln. so‘m berilgan.

Iste’mol kreditlari 2,4 barobarga — 32,54 trln. so‘mdan 13,05 trln. so‘mga qisqardi. Eng ko‘p chakana kreditlar may oyida (1,8 trln. so‘m) berilgan.

Sentyabr oyida avtokreditlash (1,14 trln. so‘m) 2022-yil fevral oyidan beri eng past darajaga yetdi.

Iste’molchi kreditlari 2,16 barobar — 40,14 trln. so‘mdan 18,54 trln. so‘mgacha qisqardi. Chakana kreditlar eng ko‘p yanvar, aprel-may va oktyabr oylarida berildi (taxminan 1,8 trln. so‘m). Eng kam faollik iyun oyida kuzatildi — 1,25 trln. so‘m miqdorida kredit ajratildi, bu so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkichdir.

Mikroqarzlar va mikrokreditlar hajmi oshdi

Biroq 2024-yilda milliy valyutada rasmiylashtirilgan mikroqarzlar va mikrokreditlar hajmi oshdi.

Yanvar—dekabr oylarida fuqarolar tomonidan 45,83 trln. so‘mlik mikroqarzlar olingan bo‘lib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 59,44 foizga ko‘pdir.

Dekabr oyida mikroqarzlar berish 5,1 trln. so‘mdan oshiq miqdor bilan rekordni qayd etdi.

O‘z navbatida, o‘tgan yili mikrokreditlash hajmi 52,91 foizga oshib, 11,37 trln. so‘mdan 17,4 trln. so‘mga yetdi. Aholiga eng ko‘p mikrokreditlar iyun va oktyabr oylarida berildi (1,8 trln. so‘mdan ortiq).

To‘rtinchi chorakda mikroqarzlar ajratish 2023-yilning mos davriga nisbatan tezlashdi (+75,74%), mikrokreditlarning o‘sish sur’ati esa sezilarli darajada pasaydi (+30,55%).