$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda "inomarka"lar o‘zining qiymatidan 70 foiz qimmatiga sotilmoqda

"inomarka"lar

KPMG Uzbekistan xalqaro audit kompaniyasi Yuqori soliq va bojlar O‘zbekistonda avtomobil bozorining rivojlanishini sekinlashtirayotganini ma’lum qildi. 

Bozorini rivojlantirishning asosiy omillari

Tadqiqotda avtomobil bozorini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarining oshishi, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, jumladan, yangi zavodlarni (BYD, Exceed, Hyundai) ishga tushirish, QQS va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ko‘rinishidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilgan. 

Bojxona to‘lovlarining ta’siri

Tadqiqotda ma’lum qilinishicha, xorijiy avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirishda dvigatel hajmiga qarab, bojxona to‘lovlarining umumiy miqdori ularning qiymatining 70 foizi va undan ko‘prog‘iga yetishi mumkin. Miqdorga sinov va ekologik sertifikatlash xarajatlari kiradi (narxning 2−5 foizini tashkil etadi).

Avtomobil narxini oshiruvchi sabablar

KPMGga ko‘ra, bo‘lib-bo‘lib sotish dasturlari avtomobil narxini 10−15 foizga oshiradi. Dilerlar, ishlab chiqarish zavodlari va avtosalonlarning umumiy marjasi brendlar va ularning marketing siyosatiga qarab 15 foizga yetishi mumkin. Avtomobillarni tashish va sug‘urta qilish xarajatlari, ular qayerdan olib o‘tilayotganiga va uning narxiga qarab, 2−10 foizgacha o‘zgarishi mumkin. Reklama xarajatlari 1−2 foizga baholanmoqda.

O‘zbekistonda avtomobillar narxi mezoni 

Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarining narxi O‘zbekistonda avtomobillar narxini belgilashda asosiy omil hisoblanadi, deb yozadi KPMG. Ularning mezon (mo‘ljal) sifatidagi roli bozordagi ustun mavqei (2023-yilda sotuvlar ulushi — 55 foiz), arzonligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ikkilamchi bozorga ta’siri bilan belgilanadi.

Ikkilamchi bozor

Ikkilamchi bozorda avtomobil narxini belgilashda bir qator omillar hisobga olinadi. Xususan, ekonom-klassdagi mashhur Cobalt, Gentra va Damas avtomobillarining narxlari birlamchi bozordagi tanqislik tufayli foydalanishga topshirilishining dastlabki ikki yilida biroz pasaygan (ko‘pincha pasaymaydi), premium-klassdagi avtomobillar esa yiliga 6 foiz yoki undan ko‘proqqa arzonlashmoqda.

Mashinani sotish 

Mashinani ishlatish va sotish joyi narxga 3−5 foiz ta’sir qiladi. Masalan, Toshkentda avtomobillar viloyatlarga qaraganda qimmatroq. Narxga sotish mavsumi ham ta’sir qiladi. Masalan, qishda avtomobil narxi yonilg‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli arzonlashishi mumkin, kuzda esa aholi orasida bo‘sh mablag‘lar paydo bo‘lishi tufayli avtobozorda jonlanish, shuningdek, narxlarda 10 foiz yoki undan ko‘proqqa o‘sish kuzatilmoqda. Oq rangli mashinalar tezroq sotilmoqda va 3−5 foiz qimmatroq.

Теги :
Iqtisodiyot