$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya “Gagarin starti” kosmodromining bir qismini Qozog‘istonga topshirmoqda

kosmodrom

2025-yilda Rossiya tomonidan Qozog‘istonga Boyqo‘ng‘irdagi 1-start majmuasini topshirish jarayoni boshlanadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Nashrning xabar berishicha, bu qaror Rossiya-Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasining Boyqo‘ng‘ir kosmodromi bo‘yicha bayonnomasida qayd etilgan.

Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qilgan aerodrom

Hujjatda qayd etilishicha, “2025 yilning birinchi yarmida “Roskosmos” davlat korporatsiyasi, Qozog‘istonning Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi 1-maydondagi ob’ektlarni topshirish-qabul qilish jarayonini tashkil etishi kerak”.

Kosmodromning maydoni “Gagarin starti” deb ataladi, chunki aynan shu yerdan insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga chiqqan Yuriy Gagarin parvoz qilgan.

Ikki davlat imzolagan shartnomaga binoan Boyqo‘ng‘ir 2050-yilgacha Rossiyaga ijaraga berilgan

Ma’lumot uchun, Boyqo‘ng‘ir kosmodromi dunyodagi eng yirik va eng eski kosmik portlardan hisoblanadi. Kosmodrom Qozog‘istonning janubi-g‘arbiy qismida, Qizilo‘rda viloyatida joylashgan.

1994-yilda Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Boyqo‘ng‘ir 2050 yilgacha Rossiyaga ijaraga berilgan. Rossiya har yili Qozog‘istonga ijara uchun taxminan 115 million AQSH dollari miqdorida to‘lov qiladi. Bundan tashqari, infratuzilma va texnik xizmatlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.