$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“Vodiy Sanoat Faxri”ga qarshi ish qoʻzgʻatildi

korxona

Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasiga nisbatan manipulyatsiya harakatlarini sodir etganlik boʻyicha tegishli ta'sir chorasi qoʻlladi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.

Birja savdolariga qoʻyilmagan paxta tolasi

Andijon viloyati hududiy boshqarmasi monitoringida Vodiy Sanoat Faxri MChJ 2023-yil avgust-dekabr va 2024-yil fevral oyida 56 ta holatda 2 400 tonnadan ziyod 42.5 milliard soʻmga yaqin paxta tolasi mahsulotini tasdiqlangan muddatlar va hajmlarda birja savdolariga qoʻymagani aniqlandi. Aksincha, korxona mahsulotni Sof Tex MChJga toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalarga asosan sotgan.

 3 ta holatda mahsulot narxlari yuqori qoʻllangan

Shuningdek, ushbu mahsulotning sotish kunlaridagi va birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari taqqoslanganda, 3 ta holatda mahsulot narxlari yuqori qoʻllangani ma'lum boʻldi. Bunda jami 152 million soʻmga yaqin miqdorda tafovut boʻlgan.

1,3 milliard soʻm yaqin farq 

Bundan tashqari, klaster korxona tomonidan jami 14 ta holatda turli navli 361 tonna paxta tolasi narxlari birja kotirovka narxlariga nisbatan past qoʻllangan. Oqibatda jami 1,3 milliard soʻm yaqin farq aniqlandi.

“Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish harakatlari manipulyasiya deb hisoblanadi”, — deya qayd etdi qoʻmita.

Korxonaga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Maxsus komissiya tomonidan "Raqobat toʻgʻrisida"gi qonun 29-moddasi va Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilishi alomatlari bilan Vodiy Sanoat Faxri MChJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta'sir chorasi qoʻllandi.