$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda korxona va tashkilotlar soni qanchaga ko‘paygan?

korxona

Statistika agentligi 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatdagi korxona va tashkilotlar sonini ma’lum qildi.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 725 857 tani tashkil etgan.

Mamlakatdagi korxona va tashkilotlarning yillar kesimida o‘sish ko‘rsatkichlari

Ularning so‘nggi yillarda mos davridagi dinamikasi quyidagicha (1-yanvar holatiga ko‘ra):

2021-yil — 503 538 ta

2022-yil — 557 756 ta

2023-yil — 627 475 ta

2024-yil — 688 345 ta

2025-yil — 725 857 ta

Ma’lumot uchun, respublikada 2024-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 113 797 tani tashkil etgan edi.

2020-yilda sanoat korxonalari soni 86 652 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 113 979 taga yetgan.