Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Davlat xaridlaridan "soqqa" qilganlar

Ta’lim muassasalari kompyuter uskunalarini xarid qilishdagi qonunbuzarlik fosh etildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlaridan "soqqa" qilganlar

Davlat xaridlaridan "soqqa" qilganlar

Ta’lim muassasalari kompyuter uskunalarini xarid qilishdagi qonunbuzarlik fosh etildi.

Bozor narxidan qimmatroq hujjatlashtirish

Ma’lum bo‘lishicha, Xorazm viloyatidagi maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat buyurtmachilari tomonidan 2023-yilda 75 ta holatda 13 milliard so‘mlik 749 ta kompyuter texnikalarini xarid qilishda qonunchilik talablariga rioya qilingan yoki yo‘qligi o‘rganilgan.

Aniqlangan 4 milliardlik yolg‘on

O‘rganish jarayonida mazkur davlat xaridlari maxsus nizom talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi aniqlangan.

Texnikalar bozor narxlaridan 4,3 milliard so‘m qimmatroqqa xarid qilinganligi, to‘g‘rirog‘i, shunday hujjatlashtirilganligi aniqlandi. Korrupsiya natijasida aslida tan narxiga nisbatan sifatsiz bo‘lgan kompyuter uskunalari muassasalarga tarqatilgan.

Jinoyat ishi

Ushbu holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.