$
 12874.86
-18.11
 13525.04
-16.45
 123.06
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Korrupsiya sabab davlatga 1,4 trillion so‘m zarar yetkazilgan

Korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi e’lon qilgan 2023-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruza”da O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida 2023-yilda davlat manfaatlariga 1,4 trillion so‘m miqdorida zarar yetkazilgani qayd etildi

Zararning hududlar kesimidagi ulushi

Ma’ruzada qayd etilishicha, Davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning yuqori ulushi Andijon (243 milliard so‘m), Namangan (194 milliard so‘m), Qashqadaryo (143 milliard so‘m) va Toshkent viloyatlariga (132 milliard so‘m) to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 2023-yilda 1146 nafar avval sudlangan shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ularning 566 nafari muqaddam aynan korrupsiyaviy jinoyat uchun mahkamaga tortilgan.

Jinoyatchilarning taqdiri

Milliy ma’ruzada 2023-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan 6535 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum qilinadi. Ularning 1299 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 2721 nafariga axloq tuzatish ishlari, 1076 nafariga ozodlikni cheklash, 982 nafariga jarima, 21 nafariga majburiy jamoat ishlari, 7 nafariga esa muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Ma’lumot uchun, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilganini qayd etgan edi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot