$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

“AFSAR COMPANY LTD” mas'uliyati cheklangan jamiyati jarimaga tortildi

konyak

Raqobat qo‘mitasi insofsiz raqobat qilgan korxonaga jarima chorasini qo‘lladi. Ushbu korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotining dizaynini boshqa korxona mahsulotidan ko‘chirganligi aniqlangan.

Insofsiz raqobat belgisi

Ma’lum qilinishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “Societe Jas Ilennessy & So” (Fransiya) kompaniyasi o‘zining “HENNESSY X.O” tovar belgisi bilan fuqarolik muomalasiga kiritilgan konyak mahsulotiga tashqi ko‘rinishi jihatdan iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash qilib “AFSAR COMPANY LTD” MCHJ tomonidan “EXTRA OLD X.O” konyak mahsuloti ishlab chiqarilganligi va fuqarolik muomalasiga kiritilganligi yuzasidan murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 694-sonli qarori “Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi” 6-bandida, avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish insofsiz raqobat belgilaridan biri ekanligi belgilangan.

Ko‘chirmakash korxona

O‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirish taqiqlangan talabi buzilgan deb topildi.

Mazkur holatda “AFSAR COMPANY LTD” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “EXTRA OLD X.O” konyak mahsulotining tashqi ko‘rinishi aynan “HENNESSY X.O” konyagini takrorlagani va iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshashligi aniqlangan.

Jarima va ko‘rsatma

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “AFSAR COMPANY LTD” MCHJ O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuning bilan birga, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.