Talabalar kontraktini qachongacha to‘lashi kerak?
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari bu muddatni o‘zi belgilaydi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov muddatlari belgilandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. (https://t.me/eduuz/25727)
Kamida 25 foiz
Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Kontraktning yarmini to‘lash 1-yanvargacha
Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.



