$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya beriladi

kompensatsiya

Endi kam ta’minlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ro‘yxat oktyabr oxirigacha shakllantiriladi

Qayd etilishicha, mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bir martali kompensatsiya uchun davlat 370 mlrd. so‘m yo‘naltiradi. Kompensatsiyalar 1,4 mln. muhtoj oilani qamrab oladi. Oktyabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi oqibatini yumshatishga yordam sifatida

Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to‘lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha 270 ming so‘m to‘laydi:

Asosiy ro‘yxat bo‘yicha - unga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln. oila);

Qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha - unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).

To‘lov gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi oqibatini yumshatishda yordam beradi.

Qachon 2-kompensatsiya to‘lab beriladi?

Shuningdek, xabarda fuqaro nogironligi bor bola uchun nafaqa olayotgan bo‘lsa, asosiy ro‘yxatga kirmasligi qayd etilgan. Asosiy ro‘yxatga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bola nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar kiradi. Ammo bu fuqarolar qo‘shimcha ro‘yxatga kirishi mumkin.

Fuqaroning oilasi katta bo‘lsa, u keltirilgan mablag‘dan tashqari elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun boshqa kompensatsiya ham oladi. Bu ikki kompensatsiya isitish mavsumida gaz va elektr uchun to‘lov qilishda yordam beradi. Agentlik 2-kompensatsiya bo‘yicha keyingi bosqichlarda aniq ma’lumotlar berishini bildirdi.

Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oladigan bo‘lsa, kompensatsiya avtomatik ravishda o‘sha kartaga tushadi. “Yagona ijtimoiy himoya reyestri”dan bir nechta oila yashaydigan bo‘lsa, har bir oila 270 ming so‘mdan oladi.

Kompensatsiya miqdori bolalar va oila a’zolari soniga bog‘liq emas

“Bir necha bolaga nafaqa oladigan fuqarolar kompensatsiya ko‘proq olmaydi, kompensatsiya miqdori bolalar, oila a’zolari soni va boshqa shartlarga bog‘liq emas. Miqdori hamma uchun bir xil – 270 ming so‘m”, deyiladi xabarda.

Bir martali kompensatsiyani qo‘shimcha ro‘yxatdagi kam ta’minlanganlar – boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz onalar, nogironlar va boshqa ehtiyojmandlar ham oladi.

Bir martali kompensatsiya – davlatdan yagona yordam emas. Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalar yana elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun ham kompensatsiya oladilar.

Ma’lumot o‘rnida, pul kartaga 2024-yil 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.