$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbekko‘mir” rekord darajada ko‘mir qazib oldi – 6,7 million tonna

Ko

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonning eng yirik ko‘mir qazib oluvchi korxonasi - “O‘zbekko‘mir” ko‘mir qazib olish hajmi bo‘yicha yangi rekordga erishganini ma’lum qildi. 2024-yilda kompaniya ilk bor 6,7 million tonna ko‘mir ishlab chiqardi, bu o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga ko‘pdir.

Asosiy ishlab chiqarish “Angren” konida

Ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga “Angren ko‘mir koni”, “Apartak ko‘mir koni” va “Yerosti ko‘mir koni” filiallari asosiy hissa qo‘shdi. “Angren” konida 5,5 million tonnadan ortiq, “Apartak” esa birinchi marta 1,2 million tonnadan oshdi.

Qazib olish yillar kesimida

So‘nggi yillarda ko‘mir qazib olish dinamikasi barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. 2019-yilda 3,8 mln. tonna, 2020-yilda 3,87 mln. tonna, 2021-yilda 4,78 mln. tonna, 2022-yilda 5,07 mln tonna, 2023-yilda esa 5,84 mln. tonnani tashkil etgan.

Joriy yildagi reja 10 million tonna

2024-yilda 8 million tonna ko‘mir ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 900 ming tonnasini xususiy korxonalar ta’minlashi kerak edi. 2025-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish yiliga 10 million tonnagacha, uzoq muddatli istiqbolda esa 20 million tonnagacha o‘sishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning ko‘mir zahirasi 2 milliard tonna

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islomovning ta’kidlashicha, yer qa’ridan xususiy foydalanuvchilarning ishtirokini kengaytirish va mamlakat prezidenti tashabbusi bilan yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish tufayli qazib olish hajmining o‘sishi mumkin bo‘ldi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi, bu esa sohani yanada rivojlantirish uchun keng istiqbollarni ta’minlaydi.

Теги :
Jamiyat