$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Olmaliqdagi manzilli koloniyadan 21 yoshli mahkumning jasadi chiqdi

O

15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasidan 21 yoshli mahkum M.P.ning jasadi chiqdi, deb yozadi Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov o’z Facebook sahifasida. Unga ko‘ra, Farg‘ona shahar Temurmalik ko‘chasida yashovchi Nigora Qambarovning aytishicha, u o‘g‘li bilan shu yilning 26-28-yanvar kunlari uzoq muddatli uchrashuvlarda bo‘lgan.

Marhum sportchi bo‘lgan va hech qanday kasalligi bo‘lmagan

21 yoshli fuqaro sportning ushu yo‘nalishida xalqaro turnirlar g‘olibi, bolaligidan mazkur sport turi bilan shug‘ullangan. Biror marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, unda biror yondosh kasalliklar kuzatilmagan. Nigora opa bezorilikda ayblanib, 3 yilga qamalgan yolg‘iz o‘g‘lining shu yil avgustida manzil koloniyaga chiqqani va kelin qidirganini aytgan Tashanov bilan suhbatda.

Marhumda miokrad infarki va pankreatitning og‘ir formasi kuzatilishi

Ammo koloniya ma’muriyatining ta’kidicha, 14-fevral kuni mahkumda miokrad infarki va pankreatitning og‘ir formasi kuzatilishi oqibatida vafot etgan. Ammo Nigora opa farzandining badanida qiynoq izlari mavjudligi, elektroshoker iziga o‘xshash chiziqlar borligini iddao qiladi.

“Qo‘limizda ekspertiza hujjatlari bo‘lmagani bois mahkumning qiynoqdan o‘lim topganiga dalolat qila olmaymiz. Ammo koloniya ma’muriyatining jasadni yorib, so‘ng yaqinlariga topshirgunicha bo‘lgan jarayonda ularga xabar bermaganligi mudhish xatodir. Chunki onaning ko‘nglida ulkan gumon qoldi, 20 kun avval soppa-sog‘ ko‘rgan norg‘ul bolasining o‘ligini dabdurustdan qo‘liga tutqazishsa, onaning ahvolini tasavvur qilavering!”, - deb yozgan inson huquqlari faoli.

Surishtiruv boshlangan

IIV Axborot xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosovning ma’lum qilishicha ayni paytda voqea Ombudsman va huquq tartibot organlari tomonidan oʻrganilmoqda. Bu boʻyicha rasmiy xabar beriladi.

Теги :
Jamiyat