$
 12890.07
12.7
 13400.52
-101.4
 146.46
-1.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekiston futbol klublari tarkib qiymati jihatidan Qozog'iston jamoalarini ortda qoldirdi

Andijon FC

O'zbekiston Superligasi birinchi marta Qozog'iston Premyer ligasidan qimmatroq qiymatga ega bo'ldi. 2023-yilda Qozog'iston chempionati klublari tarkibi 138,5 million yevroga baholangan, o'zbek klublari esa 88,5 million yevroga teng ko’rilgan.

Qiymat borasidagi farq

Qozog'iston ligasi klublari tarkibi qiymati 65,56 million yevroga baholangan. O'zbek klublari tarkibi esa 90,34 million yevroga baholangan. Shuni ta'kidlash kerakki, bundan oldin qozoq chempionati o'zbek chempionatiga qaraganda ancha qimmat bo’lib kelgan. Xususan, 2023-yilda Qozog'iston chempionati klublari tarkibi 138,5 million yevroga baholangan, o'zbek klublari esa 88,5 million yevroga teng ko’rilgan.

Superliga klublari ro‘yxatdan o‘tkazgan xorijlik futbolchilar haqida

Yakunlangan transferlardan so‘ng O‘zbekiston Superligasi uchun klublar 21 ta mamlakatdan 72 nafar legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan 72 ta legionerning 30 tasi Superligamiz uchun yangi hisoblanadi. Superligada o‘ynaydigan legioner futbolchilarning 4 tasi darvozabon, 20 tasi himoyachi, 26 tasi yarim himoyachi, 21 tasi hujumchi hisoblanishadi. Ularning umumiy qiymati 20 million 875 ming yevroni tashkil etadi. 

Eng qimmat legionerlar

Superliga jamoalari ro‘yxatdan o‘tkazgan xorijlik futbolchilar orasidagi eng qimmat futbolchilardan iborat Top—10lik quyidagicha hosil bo‘ladi:

 • 1.Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") - 1,2 million yevro

 • 2.Islam Mashukov ("Andijon") - 750 ming yevro

 • 3.Vladimir Yovovich ("Neftchi") - 750 ming yevro

 • 4.Zoir Jo‘raboyev ("So‘g‘diyona") - 700 ming yevro

 • 5.Ehsoni Panshanbe ("So‘g‘diyona") - 600 ming yevro

 • 6.Bashar Resan ("Paxtakor") - 600 ming yevro

 • 7.Flamarion ("Paxtakor") - 600 ming yevro

 • 8.Yovan Jokich ("Neftchi") - 600 ming yevro

 • 9.Zoran Marushich ("Neftchi") - 600 ming yevro

 • 10.Brayan Riaskos ("Paxtakor") - 550 ming yevro

Теги :
Jamiyat