$
 12014.48
-39.55
 13858.70
-73.35
 166.61
-0.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Kitob oʻqishga ham, 2 soatlik film koʻrishga ham sabrimiz yetmayapti: Qisqa videolar miyamizni dangasa qilib qoʻymoqda

kitobxon

Ilgari biz kitoblarni juda ko‘p o‘qib, ikki soatlik filmlarni to‘xtovsiz tomosha qilardik. Endi esa diqqatimiz bir necha daqiqalik videolavhalar bilan cheklangan.

Oxirgi paytlarda ko‘p odamlar kitob, film ko‘rish uchun sabri yo‘qligidan noliydi. Ilgari ular ikki soatlik filmni chalg‘itmasdan tomosha qilishlari yoki bir o‘tirishda yuz sahifa kitob o‘qishlari mumkin edi. Endi esa, bir daqiqadan uzunroq videolar cho‘zilib ketgandek tuyuladi. Kitob o‘qishda diqqatni jamlash va hikoyaning mohiyatini anglash qiyindek tuyulib qolgan. Aftidan, buning sababi Reels, Shorts va TikToklar. Qisqa videolarning ko‘payishi bilan odamlar haqiqatan ham uzunroq videolarni tanlash va ularni oxirigacha ko‘rishga qunt qilmay qo‘yishdi. Ya’ni sabri yetmaydi.

Ilm-fan bunga nima deydi?

Bu bo‘yicha tadqiqot mualliflari buning ikkita sababi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydilar:

1. Miyani jalb qilishni istamaslik va oson kontentga moyillik. Dinamik, rag‘batlantiruvchi videolar kognitiv kuch talab qilmaydi . Agar odam bunday "tez ovqatlanish"ga o‘rganib qolsa, chuqur o‘qish yoki o‘rganish kabi murakkabroq vazifalarni bajarish qiyinlashadi. 

2. Darhol qoniqish. Ijtimoiy media algoritmlari foydalanuvchilarga ataylab ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otadigan va ko‘proq tomosha qilish istagini uyg‘otadigan yangi va qiziqarli kontentni taqdim etadi. Miya tezda "mukofot" olishga o‘rganib qoladi, shuning uchun biz ularni yana qidiramiz va darhol ilhomlantirmaydigan stimullarni osongina rad etamiz.

Qisqa videolarni tomosha qilish diqqat va xotiraga qanday ta’sir qilishini tushunish uchun olimlar turli xil kontent ko‘radigan 745 kishidan so‘rovnoma olishdi. Ko‘proq vaqtni reel ko‘rish bilan o‘tkazgan ishtirokchilar diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga duch kelganliklarini va ruhiy charchoqni his qilish ehtimoli ko‘proq ekanligini aytishdi . Tadqiqotchilar aqliy kuch talab qilmaydigan vizual jihatdan intensiv kontent kognitiv charchoqqa olib kelishi mumkin degan gipotezani ilgari surdilar. Odamlar doimiy ravishda qisqa videolar ko‘rishi orqali vaqtni yo‘qotadilar va asta-sekin aqliy ravshanlik va motivatsiyani yo‘qotadilar. 

Irina Galeeva, nevrolog, uyqu shifokori bunday holatlar haqida “Bugungi kunda telefon, kompyuter va boshqa raqamli qurilmalardan uzoq vaqt foydalanish natijasida yuzaga keladigan “raqamli charchoq” tobora ko‘proq uchramoqda. Bunga miyaga ortiqcha axborot yuklanishi sabab bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar, videolar va bildirishnomalar kabi tez-tez almashib turadigan stimullar diqqatni bir narsadan boshqasiga ko‘chirishga majbur qiladi. Natijada miya ko‘proq ishlaydi, inson o‘zini charchagan his qiladi va uzoq vaqt diqqatini bir joyga jamlay olmaydi” deydi.

Qisqa videolarni tomosha qilish miyaga qanday ta’sir qilishi mumkin?

2024-yilda olimlar qisqa video tomosha qiluvchilarning miya faoliyatini sinab ko‘rishdi. Tadqiqotchilar 48 nafar yoshlarni jalb qilishdi. Avval ularning bunday kontentni tomosha qilish uchun qancha vaqt sarflaganliklarini bilib olishdi. Keyin ishtirokchilar diqqat testini topshirishdi. Bu vaqt ichida olimlar EEGyordamida ularning miya faoliyatini kuzatdilar . Qisqa videolarni tez-tez tomosha qilgan odamlarda prefrontal korteksda - miyaning diqqat, o‘zini o‘zi boshqarish va qaror qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan qismida teta faolligi zaifroq bo‘lgan. Olimlar qisqa videolarga qaram bo‘lishga moyil bo‘lgan odamlar ko‘proq impulsiv va beparvo bo‘lishi mumkin degan gipotezani ilgari surishdi. 

Nazariy jihatdan, uzoq muddat davomida qisqa videolarni tez-tez va uzoq vaqt davomida ko‘rish miya ayrim sohalarining qisqarishiga olib kelishi mumkin, bu esa o‘zini tuta bilish va e’tiborning pasayishiga olib keladi.

Qisqa videolar diqqat va xotirani buzishi rostmi?

Qisqa videolarni ko‘p ko‘rish natijasida insonning diqqati tarqoqlashishi va o‘zini boshqarish qiyinlashishi mumkin. Qisqa videolarni tez-tez ko‘radigan odamlarda stress va xavotir darajasi yuqoriroq bo‘ladi.Bular 2025-yilda 98 000 kishi ishtirokida o‘tkazilgan tizimli tahlil va meta-tahlil natijalarida ayon bo‘lgan. Diqqat va xotirada muammosi bo‘lgan odamlar rag‘batlantiruvchi kontentni tomosha qilishga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Ular o‘zlarini doimiy videolar oqimidan uzilib qolishlaridan qo‘rqadi. Yuqori darajadagi xavotir va stressga ega foydalanuvchilar o‘zlarini salbiy fikrlardan chalg‘itish uchun ataylab qisqa, hissiy videolarni tanlashadi. Qisqa videolar o‘qish va ishlashga xalaqit berishi mumkinmi? Qisqa videolar xotira yoki diqqatni bevosita buzishi mumkinligi haqida hali ishonchli dalillar yo‘q. Ammo, o‘qish hatto keksa odamlarda ham diqqat va ish xotirasini yaxshilaydi. Masalan, bir tadqiqotda rasmli kitob o‘qish dasturi kognitiv funksiyani sezilarli darajada yaxshilagan. 

Bir tadqiqotda tadqiqotchilar 45 kishini jalb qilishdi va ularni uch guruhga bo‘lishdi. Birinchi guruh TikTok videolarini cheksiz ko‘rib chiqdi, ikkinchi guruh 10 daqiqada maksimal 10 ta videoni ko‘rishi kerak edi. Uchinchi guruh esa umuman video ko‘rmadi. Shundan so‘ng, ishtirokchilardan ko‘rgan videolarni aytib berishini so‘radi. Videolarni xohlagancha ko‘rib chiqishga ruxsat berilgan ishtirokchilar eng yomon natijalarni ko‘rsatishdi. 

Albatta, tadqiqot aniq xulosalar chiqarish uchun juda kichik. Ammo bu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nafaqat kontent formati, balki biz u bilan qanday munosabatda bo‘lishimiz muhim omil sanaladi.  Lekin qisqa videolarni tomosha qilishdan butunlay voz kechmasligingiz kerak, chunki ular foydali xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, kichik bir tadqiqotda taxminan 4 daqiqalik qisqa komediya videolarini tomosha qilish diqqatni yaxshilagani, stressni kamaytirgani va organizmning dam olish hamda tiklanish jarayonlarini faollashtirgani aniqlangan. Boshqa bir qancha tadqiqotlarda, tuzilgan o‘quv videolari o‘quvchilarda yuqori neyron sinxronizatsiyasini va xotirani yaxshilagan. 

Mabodo ishlaringiz yurishmayotgan bo‘lsa, qisqa videolarni ayblashning keragi yo‘q. Agar ishdan keyin Reels va TikToklarni ko‘rib chiqish sizga dam olishga va fikringizni tartibga solishga yordam bersa, juda yaxshi - davom eting va diqqatsiz bo‘lib qolishdan xavotirlanmang. Agar qisqa video ko‘rish muammo tug‘dirsa, dam olish uchun internet bilan bog‘liq bo‘lmagan mashg‘ulotlarni topish foydalidir.

Теги :
Jamiyat