$
 12303.16
23.68
 14507.89
-0.32
 159.76
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Epshteyn qamoqqa olinishidan oldin oltita bochka kislota buyurtma qilgan

epshteyn

Epshteyn fayllari deb atalgan hujjatlar to‘plamida 2018-yilga oid oltingugurt kislotasi xaridi haqidagi ma’lumotlar chiqdi va bu jamoatchilik orasida turli bahs va taxminlarga sabab bo‘lyapti. Bu haqda «International Business Times»ning Britaniya byurosi xabar berdi. Jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn 2018-yilda o‘z oroliga sifatli sanoat oltingugurti kislotasidan 55 gallonlik oltita bochka yetkazib berishni tasdiqlagani haqida xabar qilinmoqda. Ushbu kimyoviy moddaning hajmi ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar orasida savollar uyg‘otdi.

Oltita bochka

Epshteyn ishiga oid hujjatlarning so‘nggi to‘plamidan joy olgan, 2018 yil 6-dekabrga sanalangan pul o‘tkazish so‘rovida oltingugurt kislotasining oltita 55 gallonlik bochkasi uchun taxminan 5 ming dollar to‘lanishi ko‘rsatilgan. Bu summaga tashish uchun yoqilg‘i va sug‘urta xarajatlari ham kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar ushbu buyurtmaning maqsadi haqida turli taxminlarni ilgari surmoqda. Bunga hujjat sanasi ham turki bermoqda. Ma’lumki, Epshteyn 2019-yil iyul oyida voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilishni tashkil etganlik ayblovi bilan hibsga olingan va bir oy o‘tib, qamoqda vafot etgan. 2008-yilda ham moliyachi voyaga yetmaganlarni fohishalikka jalb qilishda ayblangan edi. O‘shanda Epshteyn tergov bilan kelishuvga borib, 13 oylik qamoq jazosini olgan.

Boshqalar esa bunday fikrlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqirib, oltingugurt kislotasi ko‘plab qonuniy sohalarda, masalan, akkumulatorlar, suvni tozalash tizimlari, sanoat jarayonlarida qo‘llanilishini eslatmoqda. Ayrim tahlilchilar oltingugurt kislotasi suv tozalash yoki tuzsizlantirish tizimlarida qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlab, bu moddaning qonuniy ishlatilish sohalari mavjud ekanini qayd etdi.

Oltingugurt kislotasidan foydalanish haqidagi sud-ekspertlik qarashlari

Oltingugurt kislotasi inson tanasining barcha izlarini yo‘q qila oladimi yoki bu ko‘proq Hollivud filmlaridagi bo‘rttirishmi, degan savol hali ham ochiq qolmoqda. Sud-ekspertlari ta’kidlashicha, oltingugurt kislotasi juda kuchli zanglatuvchi modda bo‘lsa-da, u moddalarni «bir zumda yo‘q qilib yuboruvchi sehrli vosita» emas.

Shu bilan birga, oltingugurt kislotasi inson qoldiqlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham mutlaqo asossiz emas. Ayrim manbalarga ko‘ra, u qattiq tuzilmalarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Slate» nashriga ko‘ra, 1940-yillarda «kislota bilan bog‘liq qotilliklar»i bilan tanilgan Jon Jorj Heyg shu kimyoviy moddadan foydalanganini tan olgan. Uning ishi sud-ekspertlik amaliyotida tarixiy misol sifatida tilga olinadi.

Mutaxassislar bunday holatlarda zaharli muhit va xavfli sharoitlar yuzaga kelishini, shu bois bu kabi da’volarni muhokama qilishda amaliy jihatlarga kirmasdan, faqat tarixiy va ilmiy kontekstda yondashish kerakligini ta’kidlaydi.

Теги :
Jamiyat