$
 12005.09
-20.13
 13898.29
-71.41
 148.56
-0.8
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda Yevropa kinofestivalining 10-yubileyi o‘tkaziladi

Euro film fest

7–9-noyabr kunlari Toshkentda, 12-noyabr kuni esa Termizda o‘tadigan Yevropa kinofestivalining o‘ninchi yubileyi Yevropa madaniyati, san’ati va kino industriyasini birlashtiruvchi muhim madaniy voqea bo‘ladi. Tadbir Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Yevroittifoq davlatlari elchixonalari va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan.

Festival dasturi haqida:

– Tomoshabinlarga Yevropaning 12 davlatidan 12 ta film namoyish etiladi.

– Filmlar hayot, insoniy qadriyatlar, his-tuyg‘ular, tanlovlar va o‘z yo‘lini topish kabi mavzularni yoritadi.

– Shuningdek, Ispaniyaning “Aire Nuevo Danza” raqs guruhi chiqishlari hamda “Pokoleniya” mavzusidagi qisqa metrajli filmlar taqdim etiladi.

– Namoyishlar bepul bo‘lib, filmlar asl tilda o‘zbek yoki rus subtitrlari bilan ko‘rsatiladi.

🎞️ Toshkent — Milliy kino san’ati saroyi dasturi:

7-noyabr:

🕚 11:00 — Jonja (Germaniya)

🕓 14:00 — Amadeo (Portugaliya)

🕕 18:00 — Roza of Smyrna (Gretsiya)

8-noyabr:

🕚 11:00 — Four Souls of Coyote (Vengriya)

🕓 14:00 — Chasing Unicorns (Estoniya)

🕕 18:00 — Divertimento (Fransiya)

9-noyabr:

🕚 11:00 — My Last Year as a Loser (Sloveniya)

🕓 14:00 — And the King Said, What a Fantastic Machine (Shvetsiya)

🕕 18:00 — Carmen (Malta)

🎬 Termiz — 12-noyabr dasturi:

🕚 11:00 — Dekadentas №2419 (Litva)

🕓 14:00 — Gipsy Queen (Avstriya)

🕕 18:00 — Divertimento (Fransiya)

Festival maqsadi:

– O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash,

– Yosh tomoshabinlar va kino ixlosmandlariga Yevropa kino san’ati bilan yaqindan tanishish imkonini yaratish,

– San’at orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish.

Теги :
Jamiyat