$
 12287.31
-22.68
 14644.02
-22.1
 158.83
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

15 million o‘zbekistonlikning shaxsiga oid ma’lumotlar sizib chiqishi voqeasiga vazir izoh berdi

Sherzod Shermatov

2-fevral kuni 15 million o‘zbekistonlikning shaxsiga oid ma’lumotlar sizib chiqqani haqida xabar tarqalgan edi. Raqamli texnologiyalar vazirligida o‘tayotgan matbuot anjumanida bu kiberxujum tafsilotlari va uning oqibatlariga izoh berildi.

15 million emas, 60 ming

Vazir Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, 2026 yil 27–30-yanvar kunlari 3 ta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar bo‘lgan. Natijada ijtimoiy tarmoqlarda aytilganiday 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari tarqalgan.

Rasmiylarga ko‘ra, kiberxujumni bartaraf qilish maqsadida tezkorlik bilan axborot infratuzilmalariga kelgusidagi ruxsatsiz kirishlarga chek quyilgan, texnik himoya qurilmalarida himoya vositalari yanada kuchaytirilgan.

Shuningdek, Yagona identifikatsiya tizimi (OneID)da qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, shaxsiy matlumotlarni egasining roziligi asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yaratilgan.

Oqibati qanday?

Tadbirda aytilishicha, “shaxsiy ma’lumot sizib chiqishi” degani – bu fuqaroning shaxsiy akkaunti buzilgan degani emas, bunda asosan fuqarolarning ism-sharifi, tug‘ilgan sanasi, manzili, telefon raqami kabi ma’lumotlardan biri qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, firibgar bu ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani bilan, fuqaroning shaxsiy ishtirokisiz uning nomidan biror bir xatti-harakatni amalga oshirolmaydi. Shu sababdan ular turli usullar bilan qolgan ma’lumotlar to‘plamini ko‘lga kiritish uchun navbatdagi xurujni amala oshiradi.

Shu bilan birga, qo‘lga kiritilgan ushbu ma’lumotlar to‘plami keyinchalik firibgarlarga aldov uchun vosita sifatida foydalanish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat