$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Husanov “Manchester Siti”ning oy o‘yinchisi bo‘lish uchun asosiy da’vogar

Abduqodir Husanov

“Manchester Siti” jamoasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi. Ushbu mukofotga uch nafar futbolchi - Irling Holand, Abduqodir Husanov va Yoshko Gvardiol da’vogar sifatida ko‘rsatildi.

Abduqodir Husanov — asosiy nomzod

O‘zbekistonlik yosh futbolchi “Manchester Siti” safida o‘zining ilk to‘liq oyini ajoyib tarzda o‘tkazdi. 20 yoshli himoyachi “Chelsi”ga qarshi debyut uchrashuvida biroz hayajon sezilgan bo‘lsa ham, keyingi o‘yinlarda ishonchli harakat qildi.

U “Leyton Orient” bilan o‘yinda Riko Lyuisning zarbasini boshi bilan darvozaga yo‘naltirib, hisobni tenglashtirdi. “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda esa Aleksandr Isak va Entoni Gordon kabi kuchli hujumchilarga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoasining 4:0 hisobida g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi.

Shuningdek, Husanov “Real Madrid”ga qarshi o‘yinda o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushib, Vinisius Junior va Kilian Mbappening hujumlarini ushlab turishga harakat qildi. Keyinchalik “Liverpul”ga qarshi bahsda Muhammad Salohga qarshi o‘ynagan bo‘lsa-da, ishonchli va bosiq harakat qildi. Fevral oyining so‘nggi uchrashuvida esa "Tottenxem"ga qarshi bahsda ajoyib himoya harakatlari bilan muxlislar mehrini qozondi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

Raqobatchilar —

Irling Holand va Yoshko Gvardiol

Norvegiyalik yulduz Erling Haaland fevral oyida to‘rt o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va bitta assist qayd etdi. Haaland oyni "Arsenal”ga qarshi o‘yinda bosh bilan chiroyli gol urish bilan boshladi. Keyinchalik u "Leyton Orient” bilan o‘yinda asosiy tarkibda tushmadi, ammo "Real Madrid”ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida dubli bilan jamoasiga katta hissa qo‘shdi. Xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol ham fevral oyida yuqori saviyadagi o‘yinlarini davom ettirdi. U "Nyukasl” va "Tottenxem”ga qarshi o‘yinlarda jamoasining darvozasi daxlsizligini saqlashga katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, Gvardiol "Real Madrid” bilan o‘yinda Holandning goliga assistentlik qilib, bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi.

Ovoz berish jarayoni

Ovoz berish allaqachon boshlandi va kelasi hafta, payshanba, 6-mart kuni soat 18:00 (Buyuk Britaniya vaqti bilan) yakunlanadi. "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lishini esa muxlislar ovozlari hal qiladi. Havola orqali ovoz berishda ishtirok etish mumkin.

Теги :
Jamiyat