$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Husanov “Liverpul”ga qarshi o‘yinda APL 26-turidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Abduqodir Husanov

Kuni kecha APL 26-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda turning markaziy o‘yini “Manchester Siti” — “Liverpul” bahsida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa davomida maydonda harakatlandi.

Markaziy o‘yin tafsiloti

Markaziy bahsda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Liverpul”ga mag‘lub bo‘ldi. Mersisaydliklar safida Saloh va Soboslai bir-birlarining gollariga assistentlik qilishgan bo‘lsa, “Manchester Siti”ning yangi futbolchisi Omar Marmushning goli ofsayddan kiritilgani sabab bekor qilindi. Shu tariqa “Liverpul” ochkolarini 64 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi “Arsenal”dan 11 ochkoga masofani uzoqlashtirdi. Abduqodir Husanov jamoasi esa 44 ochko bilan 4-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.

Husanov 26-turdagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya premer-ligasining bu turida hech kim to‘p uchun kurashni Abduqodir Husanovchalik ko‘p yutib chiqmagan. Futbolchimiz musobaqa karvonboshisiga qarshi bahsda 12 marta to‘p uchun kurashda g‘olib bo‘lgan. Mos ravishda Sofascore nashri ham Husanovga jamoa himoyachilari orasidagi eng yuqori ballni taqdim qildi — 7.2.

Abduqodirning markaziy o‘yindagi umumiy statistikasi quyidagicha bo‘ldi:

  • Kutilgan assist: 0,03 (xA)
  • To‘pni olib qo‘yish: 6
  • Zarbaga blok qo‘yish: 1
  • “Podkatlar”: 2
  • Raqibni aldab o‘tish: 1
  • To‘p uchun kurash (yerda): 3 (2)
  • To‘p uchun kurash (havoda): 1 (0)
  • To‘pga teginishlar: 102
  • Paslar: 87/88 (99 foiz)
  • To‘pni yo‘qotish: 1
  • Ishlatilgan fol: 0
  • Qarshi fol: 1

“Mag‘lub bo‘lsak, shunday o‘ynab mag‘lub bo‘lganimiz ma’qul”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz juda yaxshi o‘ynadik. Biz zarba berishda samaraliroq bo‘lishimiz mumkin edi, ammo biz fantastik jamoaga qarshi o‘ynadik. Balki boshida imkoniyatlar 50-50 bo‘lgandir, ammo biz ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda ular juda chuqur himoyalanishdi. Biz ko‘p o‘yinlarda sinab ko‘rmagan ishni qildik, Taktika bo‘yicha biz ularning maydonchasida to‘pni olib qo‘yishimiz kerak edi, biroq biz ushbu bahsda gol ura olmadik. Mag‘lub bo‘lsak, shunday o‘ynab mag‘lub bo‘lganimiz ma’qul. Ishonchim komilki, bu klub bizdagi futbolchilar bilan porloq kelajakka ega. Kevin De Bryuyne va balki Natan Akedan tashqari barcha futbolchilar juda yosh. Ushbu futbolchilar bilan kelajakda “Siti” ancha kuchli jamoa bo‘ladi”, — deb fikr bildirdi Gvardiola.

Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Murabbiy har doimgidek o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning o‘yini haqida ham fikr bildirib o‘tishni esdan chiqarmadi. ”U Madridda ham yaxshi harakat qilgandi. Madriddagi o‘yinda o‘ng qanotda harakat qildi va Viniga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bugun ham u xuddi shunday tez va intizomli harakat qildi. Rivojlantirishi kerak bo‘lgan xislatlar ham bor, biroq u juda qobiliyatli futbolchi”, — dedi Gvardiola.

Теги :
Jamiyat