$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Otaturk nomi beriladi

Toshkent ko xabar.uz rasmi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi

Elchining diplomatik missiyasi yakunlanmoqda

Muloqot chog‘ida o‘zbek-turk munosabatlarining jadal rivojlanayotgani va bu jarayonda ikki davlat rahbarlari asos solgan strategik hamkorlikning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi.

Shavkat Umurzakov Turkiya diplomatik korpusining O‘zbekistondagi faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanini e’tirof etdi va bu hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini bildirdi. O‘z navbatida, Olgan Bekar qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotganini ma’lum qildi.

Turk bog‘i va Turk maktablarini tashkil etish

Uchrashuv davomida muhim masalalar, jumladan, Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini berish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkentda Turk bog‘ini tashkil etish va Turk maktabini kengaytirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Теги :
Jamiyat