$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston G‘azo masalasida o‘z pozitsiyasini bildirdi

G

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi o‘t ochishning to‘xtatilishini va asirlar almashtirilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Biz ushbu kelishuvlarni mintaqada keskinlikni pasaytirish va uzoq kutilgan tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi juda muhim ijobiy qadam deb hisoblaymiz”, dedi Burxonov.

Mamlakatlar kelishuv shartlariga rioya qilishi kerak

U shuningdek, Toshkent Qatar, AQSH va Misrning kelishuvga erishishga qo‘shgan hissasini yuqori baholashini va barcha tomonlarni uning shartlariga qat’iy rioya qilishga chaqirishini ta’kidladi.

Burxonov, O‘zbekiston Yaqin Sharqda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Vaqtinchalik kelishuv

Ilgari Isroil va HAMAS Qatar, Misr va AQSH vositachiligida 19-yanvardan boshlab 42 kunlik vaqtinchalik tinchlik kelishuviga erishgan, shuningdek, 15 oy davomida 46 ming falastinlik va 1,5 mingga yaqin isroillikning hayotiga zomin bo‘lgan qurolli mojaroga barham berish niyatini bildirgan edi.

Теги :
Jamiyat