Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 83 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +13° kechasi +11°

Qaysi kasb egalari eng ko‘p “oylik” oladi?

Ushbu maqolada dunyodagi eng qadr topgan kasblar haqida hikoya qilamiz.

2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi kasb egalari eng ko‘p “oylik” oladi?

Dunyoning turli nuqtalarida qaysidir kasbga ehtiyoj yuqori, qaysidir biriga esa past. Ish uchun belgilanadigan maoshda odatda shu faktor yuqori o‘rin tutadi, ammo hamma mavzuda bo‘lganidek, bu masalada ham umumiy o‘lchovlar va undan kelib chiqqan maoshlarning belgilanishi mavjud. Ushbu maqolada dunyodagi eng qadr topgan kasblar haqida hikoya qilamiz.

 Oylik maosh o‘lchovlarini belgilovchi omillar

Dunyoda ish uchun oylik maoshlar bir necha o‘lchov va talablardan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, ishning turi va malaka darajasi yoki iqtisodiyot va bozor talablaridan kelib chiqib. Bunda Oliy malakali mutaxassislar, masalan, shifokorlar, muhandislar, IT mutaxassislari, odatda yuqori oylik olishadi, chunki ularning ishi bilim, tajriba va maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Mahalliy iqtisodiyotning ahvoli oylik maoshlarning asosiy omillaridan biridir. Yuqori talabdagi sohalarda (masalan, texnologiya yoki energetika) ishchilarning oyligi ko‘proq bo‘lishi ham tabiiy. 

Top-6

  • O‘simliklar sohasi seleksionerlari va genetik muhandislari — yillik maoshi - 97 560 AQSH dollari. Yerning kerakli miqdorda o‘simlik ozuqasini yetishtirish qobiliyati aholining o‘sish sur’atlaridan ancha orqada ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘simliklar sohasi seleksionerlari va genetik muhandislari kelajakda juda kerakli bo‘lib qolmoqda.
  • Reklama menejeri — yillik maoshi - 100 020 AQSH dollari. Bu kasb egalari boshqalardan farqli o‘laroq, yangi tasvirli ijobiy imij yaratmog‘i va uni xaridorga yetkaza olmog‘i darkor, shunda odamlar bu mahsulotlarni sotib olish haqida o‘ylab o‘tirmasdan, darhol bu ishni amalga oshiradi.
  • IT-mutaxassisi — yillik maoshi - 100 110 AQSH dollari. IT-mutaxassislari dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bilan birga, tizimlarni xakerlardan himoya qilish va muhim ma’lumotlarning sizib chiqishini oldini olish bilan shug‘ullanadi.
  • Huquqshunos — yillik maoshi - 110 590 AQSH dollari. Ular o‘z faoliyatlari bilan nafaqat jismoniy shaxslarga, balki qonun normalariga rioya qilishlari lozim bo‘lgan yirik kompaniyalarga ham foydasi tegadigan kasb egalaridir. Barcha huquqiy nizolarni tartibga solishda aynan huquqshunoslarning xizmati bor.
  • Uchuvchi — yillik maoshi - 134 090 AQSH dollari. Havo transporti mashhur va tezkor bo‘lganligi sababli, samolyot boshqaruvchi mutaxassisligi dunyodagi eng yuqori haq to‘lanadigan va nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. Kasb aniq ko‘nikmalar, psixologik tayyorgarlik va boshqa odamlarning hayoti uchun mas’uliyatni talab qiladi.
  • Anesteziolog — yillik maoshi - 162 080 AQSH dollari. Chet elda shifokor lavozimi juda nufuzli va anesteziya bo‘yicha mutaxassislarga katta maosh to‘lanadi. Anesteziolog nafaqat operatsiya vaqtida behushlik dozasini tayinlaydigan shifokor, balki operatsiya vaqtida ham, operatsiyadan keyingi davrda ham bemorning xavfsizligini ta’minlaydigan mutaxassisdir.