$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozogʻiston kartoshka eksportini chekladi: Endi narx oshib ketadimi?

kartoshka

Qozog‘istonning bir qancha hududlarida kartoshka narxi keskin oshib ketdi. Hukumat uchinchi mamlakatlarga sabzavot eksportini olti oyga chekladi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Narxlar keskin oshdi

Qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston tomonidan talab oshgani va eksport narxlari yuqoriligi sababli joriy yilda kartoshka eksporti 1,5 barobar oshib, 411 ming tonnadan 605 ming tonnaga yetdi. Kuchli talab ichki bozorga ham ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi haftada eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilarda narxlarning keskin o‘sishi (170 tengedan 270 tengega, taxminan, 4 mingdan 6,5 ming so‘mgacha) qayd etildi, deyiladi hukumat xabarida.

Qozog‘istonda kartoshkaning bir kilosi 400 tengegacha (9,5 ming so‘mdan ziyod) va undan yuqori sotilmoqda. Jumladan, Oqto‘be shahrida yanvar oyi boshida bir kilosi 200 tengedan qimmat bo‘lmagan. Oxirgi haftada narx ikki barobar oshdi. Bugungi kunda supermarketlarda bir kilogramm kartoshka 388 tengedan (9 400 so‘m atrofida) sotilmoqda. Hatto sifati buzilgan kartoshkalarning ham narxi oshgan. Sotuvchilar buni mahsulotning har bir partiyasi oldingisidan qimmatroq tushishi bilan izohlagan.

Vaziyatni barqarorlashtirish uchun nimalar qilinmoqda?

Ichki bozorda narxni barqarorlashtirish, uning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kartoshkani uchinchi davlatlarga olib chiqish 6 oyga cheklanmoqda.

Ushbu chora Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) mamlakatlariga nisbatan qo‘llanmaydi, biroq bu yo‘nalishdagi eksport nazorat ostida bo‘ladi. Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, 16-yanvardan boshlab eksport uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish butunlay to‘xtatildi, deydi hukumat vakillari.

Теги :
Jamiyat