“Ijtimoiy karta”ni muomalaga chiqarish tartibi tasdiqlandi
Elektron ijtimoiy karta barcha fuqarolar uchun chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi. Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta esa fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi.
2 daqiqa o‘qiladi

“Ijtimoiy karta”ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda:
· barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
· bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
“Ijtimoiy karta” bo‘yicha ariza berish tartibi
Joriy yil 27-dekabr kuni qabul qilingan “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga ko‘ra, shuningdek, “Ijtimoiy karta”ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
· YaIDXP (my.gov.uz);
· “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi;
· “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
· moliyaviy agent.
“Ijtimoiy karta” tun-u kun faoliyat ko'rsatadi
Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta’minlash maqsadida:
· 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi to‘lov tashkilotining tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
· 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati (“Ishonch telefoni”) faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.



