$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekiston Hukumati BMT Inson huquqlari kengashining Gulnora Karimova ishi bo‘yicha mulohazalariga javob berdi

Gulnora Karimova

📍 O‘zbekiston Respublikasi Hukumati BMT Inson huquqlari kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan G. Karimovaning jinoiy javobgarlikka tortilishi yuzasidan qabul qilingan 17/2025-sonli mulohazalariga javoban rasmiy bayonot e’lon qildi.

📝 Bayonotda qayd etilganlar:

Hukumat ishchi guruhning fikrini bir tomonlama subyektiv ma’lumotlar asosida shakllantirilgan deb ta’kidladi va rasmiy javobning protsessual muddatlar tufayli e’tiborga olinmaganidan tashvish bildirgan.

O‘zbekiston hukumatining bu boradagi rasmiy javoblari allaqachon taqdim etilganini, shuningdek, xolislik va beg‘arazlik prinsiplariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

⚖️ Jinoyat ishi va sud jarayoni:

G. Karimovaning ishi bo‘yicha barcha sud qarorlari yetarli dalillar asosida chiqarilgan va jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga to‘liq muvofiq o‘tkazilgan.

Karimova o‘zining aybini tan olgan holda, sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

🌍 Xalqaro hamkorlik:

O‘zbekistonning Shveysariya Konfederatsiyasi bilan 2022-yilda tuzilgan Bitim doirasida, G. Karimova ilgari jinoiy yo‘l bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun foydalanilmoqda.

– Bu mablag‘lar “Vision 2030” jamg‘armasi orqali boshqarilmoqda, boshqaruv esa BMTning Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

💬 Hukumatning yakuniy bayonoti:

O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarib kelayotganini ta’kidlagan va BMT mexanizmlari bilan konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirgan.

Hukumat o‘z obro‘sini himoya qilish va ishonchli axborotni manfaatdor tomonlarga tushuntirish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Теги :
Jamiyat