$
 11909.66
-24.58
 13588.92
-2.99
 152.28
-0.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Navoiyda ikki nafar o‘quvchi kanalda cho‘kib ketdi

kanal

Hodisa 2-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Yangiobod” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Beshrabot–Konimex” kanalida yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov UZ24.uzga ma’lum qildi.

Hodisa qanday sodir bo‘lgan?

Ma’lum qilinishicha, 2-iyul kuni soat 13:30 lar atrofida Navbahor tumanidagi “Yangiobod” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Beshrabot–Konimex” kanaliga sinfdoshlari bilan cho‘milish uchun borgan R.B va A.S cho‘kib ketgan. Tekshiruv davomida voqea joyi ko‘zdan kechirilgan va jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida bolalarning o‘limiga nafas yo‘llariga suv kirishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgani qayd etilgan. Shuningdek, kanal yaqinidagi sug‘orish nasosi ham mutaxassislar ishtirokida tekshirilib, suvda elektr toki yo‘qligi aniqlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda

R.B 2011-yil 13-iyulda tug‘ilgan bo‘lib, Navbahor tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi, oiladagi uchinchi farzand edi. A.S esa 2011-yil 26-mayda tug‘ilgan, shu maktabda tahsil olgan va oiladagi birinchi farzand bo‘lgan. Ikkalasi ham Navbahor tumanidagi “Yangiobod” mahallasida yashagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Navbahor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Теги :
Jamiyat