$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Qarshi magistral kanali AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

kanal

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi magistral kanali o‘tgan yili 39 ta tender o‘tkazdi. Uning 21 tasida buyurtmachining “qo‘shnisi” g‘olib chiqqan” – deb e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlar olib bordi.

Mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

O‘tkazilgan o‘rganishlari natijasida Buyurtmachi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilam buyurtmachiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, buyurtmachi (Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi) mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shu bilan birgalikda, o‘rganish davomida kuzatilgan manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘yicha ma’lumotlarga huquqiy baho berilishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.