$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Shahrisabzda erkak o‘g‘lining o‘limi uchun shifokorni kaltakladi

Kaltaklangan shifokor

Joriy yilning 17-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman bolalar shifoxonasida davolayotgan 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning hayotini saqlab qolishga uringan jarrohlik bo‘lim boshlig‘i esa marhumning otasi tomonidan kaltaklandi.

Kaltaklangan shifokor 47 yoshda

Ayni paytda kaltaklangan 47 yoshli shifokor Shahrisabz shahridagi qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon tomir kasalliklari shifoxonasida davolanmoqda. Shifokor bosh miya chayqalishi, chap ko‘z qovoqlari yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi tashxisi bilan qabul bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemor kelganda karaxt holatda bo‘lgani sababli birinchi yordam ko‘rsatilib kuzatish va davolash maqsadida tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomirlari kasalliklari markaziga yotqizildi.

Aslida nima bo‘lgan?

 Qayd etilishicha, marhum ikki yoshli bola divandan boshi bilan tushib ketgan va shahar bolalar shifoxonasiga olib borilgan. Bolaning ahvoli og‘irligi sababli u reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

“Biz oilani bolaning ahvoli haqida muntazam ravishda xabardor qilib turdik va ularga ahvoli juda og‘ir ekanini tushuntirdik. Afsuski, 17-aprel kuni bolada biologik o‘lim holati kuzatildi. Bu haqda otasiga aytganimdan keyin u yuzimga musht tushirdi. Men hushimni yo‘qotdim, qolganlari esimda yo‘q", dedi kaltaklangan shifokor.

Jabrlanuvchi hech qayerga murojaat qilmagan

Jabrlanuvchi bolaning yo‘qotilishi ota-onasiga qiyin bo‘lganini tushunib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmaganini aytdi.

Shunga qaramay, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati holat qat’iy nazoratga olinganini ta’kidladi.

Теги :
Жамият