$
 12758.36
-19.76
 14820.11
-111.12
 163.34
-0.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Sirdaryoda 10 mingga yaqin fuqarolarga kadastr pasporti rasmiylashtirildi

kadastr

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Radjabov Bekzod bilan suhbat mobaynida olingan ma'lumotlarga koʻra, 2024-yilning 6 oyi davomida Sirdaryo viloyatida kadastr pasportini shakllantirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 16 ming 855 ta arizalar kelib tushgan hamda ularning 9 ming 909 tasiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib berilgan.  

Eng ko‘p rasmiylashtirish shahar va tumanlar kesimida

Shuningdek murojaatlarning 6 ming 302 tasi arizalarda kamchiliklar mavjudligi sababli rad etilgan va 210 tasida arizachilar tomonidan kadastr pasporti uchun davlat boji toʻlov jarayonida boʻlsa, qolgan 434 arizalar koʻrib chiqilmoqda.

Eng koʻp kadastr pasportlari rasmiylashtirish tuman, shahar kesimida koʻriladigan boʻlsa eng yuqori koʻrsatkich viloyatning Guliston shahriga 1 656 ta, Sirdaryo tumaniga 1 091 ta, Boyovut tumaniga 1 001 ta hisobida toʻgʻri kelmoqda.

Sirdaryo viloyatida nechta koʻchmas mulk obyektlari mavjud?

“Bugungi kunda Sirdaryo viloyati jami 213 896 koʻchmas mulklar mavjud boʻlib shundan 151 555 tasi yakka tartibda turarjoylar, 39 047 tasi koʻp qavatli uylardagi kvartiralar, 16 369 tasi noturar obyektlar hamda 6 925 tasi boʻsh yer maydonlarini tashkil etadi”, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Radjabov Bekzod.

Kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun kelib tushgan arizalar qanday hollarda rad etiladi?

Kadastr pasporti uchun kelib tushgan arizalar quyidagi hollarda rad etiladi. Jumladan, “Kadastr pasportini shakllantirish uchun soʻrovnomada notoʻgʻri ma'lumotlarni koʻrsatilganligi, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda boʻlmagani, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish boʻyicha koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilgani" sababli bino-inshootlarga kadastr pasporti rad etiladi.

Kadastr pasporti necha kunda rasmiylashtirib beriladi?

Kadastr pasportini rasmiylashtirish muddatiga keladigan boʻlsak koʻchmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga koʻp kvartirali uydagi kvartiralarga 3 ish kuni mobaynida, yakka tartibdagi turarjoylarga 5 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi hamda koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga umumiy maydonidan kelib chiqib 5 ish kunidan 25 ish kuni mobaynida kadastr pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Kadastr pasporti qanday hujjat?

Kadastr pasporti – koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi umumiy ma'lumotlar va obyektning kadastr raqamini oʻz ichiga olgan elektron hujjat hisoblanadi. Shuningdek kadastr pasporti Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qarorida asosida shakllantiriladi.

Теги :
Jamiyat