$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Iqlim o‘zgarishi insoniyatga yangi kasalliklar bilan tahdid qilmoqda

iqlim

JSSTning Rossiyadagi vakili Batir Berdiklichevning aytishicha, iqlim o‘zgarishi yangi kasalliklarning paydo bo‘lishiga va ayniqsa, keksa fuqarolar orasida o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

20 yil ichida 65 yoshdan oshgan odamlar orasida o‘lim holatlari ko‘paygan

“Haddan tashqari issiqlik, qurg'oqchilik, o‘rmon yong'inlari va suv toshqini kabi iqlim va ob-havo hodisalari kasalliklar va o‘limlarning ko‘payish xavfini tug'diradi. Misol tariqasida, so‘nggi 20 yil ichida 65 yoshdan oshgan odamlar orasida issiqlikdan o‘lim holatlari ko‘paygan”, – JSSTning Rossiyadagi vakili.

Epidemiyaga sabab bo‘luvchi yangi viruslar

Berdiklichev yuqumli bo‘lmagan kasalliklar: onkologiya, yurak xuruji, insult, qandli diabetning ko‘payishiga ishora qildi. Ayni paytda ular sayyoradagi o‘limlarning 74 foiziga javobgardir.

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, epidemiya va pandemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yangi viruslar va patogenlarning paydo bo‘lish xavfi ham mavjud.