$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanini bilardim — Sherali Jo‘rayevning birinchi ayoli

Sherali

O‘zbekiston xalq artisti, marhum Sherali Jo‘rayevning birinchi qonuniy ayoli Xursan Toshpo‘latova Botir Qodirov va Jo‘rayevlar oilasi bilan bog‘liq masala haqida gapirdi.

Xursan Toshpo‘latova Botir Qodirov haqida

“Sherali Jo‘rayev bilan 1973 yilda “ZAGS”dan o‘tib, turmush qurganmiz. 1988 yilgacha, 16 yil birga yashadik, ammo farzand ko‘rmadik. Farzandsizlik tufayli ajrashdik. Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanini bilardim. Mendan buni yashirishgan bo‘lsa-da, buni bilib, sezib yurardim. Botirjon ham kelib, o‘ynab yurardi”, deydi marhum hofizning birinchi ayoli.

"O‘sha paytda ishonganmiz, hozir ham ishonamiz"

“Men farzandi ekaniga 100 foiz ishonaman. O‘xshaydi ham. Shu paytgacha tan olib kelgan. Onasi, opalari – hammasi tan olardi. O‘sha paytda ishonganmiz, hozir ham ishonamiz. Kecha Shohjahon kelganda ham aytdim, aka-uka bo‘lib yashanglar, yaxshimas bunday qilib yurganingiz, o‘tganlarning ruhini ham tinch qo‘yinglar, deb nasihat qildim”, deydi Botir Qodiirovning o‘gay onasi.

Voqealarning shakillanishi va sud ishlari

Avvalroq ma'lum bo'lishicha, xonanda Shohjahon Jo‘rayev o‘zining Instagram sahifasida Botir Qodirovga tegishtirib, noo‘rin so‘zlarni yozgan. Shu sababli qo‘shiqchi marhum san’atkor Sherali Jo‘rayev oilasini sudga berishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Qodirovning prodyuseri Asror Isaxo‘jayev ma’lumot bergan. Qayd etilishicha, Shohjahon Jo‘rayev bir necha oy avval Botir Qodirovga ishora qilib, noto‘g‘ri so‘zlarni yozgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan. Shundan so'ng xonanda Botir Qodirov marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayevni otalikni belgilash uchun sudga bergani, san’atkorlar o‘rtasidagi mojaro Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida, sudya Lola O‘tanboyeva raisligida ko‘rib chiqilayotgani ma'lum bo'lgan. Aniqlashtirilishicha, Botir Qodirov 2024-yilning 19-mart kuni sudga ariza kiritgan. Ishni ko‘rish 15-aprel kuni boshlangandi.


Теги :
Жамият