$
 12042.49
-18.06
 14147.52
-35.69
 160.55
-0.77
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuniga mingdan oshiq haydovchi kameralar orqali jarima bali olyapti

Jarimalar

O‘zbekistonda 22 kun ichida haydovchilarning 22,6 ming nafari kameralar orqali jarima ballari oldi.

2026-yil 1-apreldan boshlab avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan baʼzi qoidabuzarliklar, yaʼni svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmaslik, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlanish, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish, shuningdek, tezlik qoidalarini buzish singari qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballarini hisoblash tartibi joriy etildi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 22-aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 22 638 nafar haydovchi 5 balldan jarima to‘plagan.

YHXB axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshevning bildirishicha, 22 kun davomida baʼzi haydovchilar 10 ballgacha yig‘ib olgan holatlar ham mavjud. Jarima ballari 12 ga yetganda haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.

“Bilasiz, jarima bali olingandan so‘ng uni boshqa haydovchiga qaratish, ko‘chirish yoki boshqa uslublarda o‘chirishning umuman imkoni mavjud emas. Yagona tartib va qoida esa yo‘l harakat qoidalariga rioya qilishdir”, dedi Zoir Yo‘ldoshev.

Теги :
Jamiyat