$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

12 ballik jarima ballari faqatgina YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida shakllanadi

ypx

Haydovchilarga tayinlanadigan 12 ballik jarima ballari faqatgina YPX inspektorlari tuzgan bayonnomalar asosida shakllanadi va ballarni hisoblash tizimi IIV JXD YHXXda inson omilisiz, avtomatlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilinadi. Bu haqda AOKAda IIV JXD YHXX rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Inson omili bo‘lmaydi

“Faqat yo‘l patrul xizmati inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosida ballik tizimga o‘tiladi. Qoidabuzarliklarni bazada hisoblash IIV YHXX tomonidan elektron tarzda amalga oshiradi. Bu yerda inson omili bo‘lmaydi”, dedi YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov.

Matbuot anjumanida maʼlum qilinishicha, kelgusida kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalarni ham 12 ballik tizimga qo‘shib hisoblash rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat