$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Jarima ballari sabab “prava”sidan ayrilgan haydovchilar qayta imtihon topshiradi

haydovchilik guvohnomasi prava

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima balli tizimi joriy etilmoqda. Bu prezident 20-fevral kuni imzolagan qonunda ko‘zda tutilgan.

Bir yil ichida 12 ball

O‘zgartirishlarga ko‘ra, qoidabuzarlik uchun asosiy jazodan tashqari, haydovchilarga jarima ballari ham beriladi. Bitta qoidabuzarlik uchun maksimal ball soni ikkitadan oshmasligi kerak.

Jarima ballari birinchi qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida to‘planadi. Agar haydovchi bir yil ichida 12 dan ortiq ball to‘plasa, u avtomatik ravishda haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘ladi. Cheklov muddati 6 oydan kam bo‘lishi mumkin emas.

Qayta imtihon 

Haydovchilik huquqini to‘xtatib turish muddati tugagandan so‘ng, uni faqat yo‘l harakati qoidalari imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan keyingina qayta olish mumkin bo‘ladi. Buni O‘zbekiston IIV YHXX tasdiqladi.

Shu tariqa huquqbuzarlar yana mashina boshqarishga ruxsat olishdan oldin o‘z malakasini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Ushbu va boshqa o‘zgartirishlar Vazirlar mahkamasining bir oy muddatda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi ko‘zda tutilgan qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan. Unda jarima ballarini hisoblash tartibi va miqdori belgilanadi.

Теги :
Jamiyat