$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Bir kunda to‘rt jarima: Radarlar qanday ishlamoqda?

radar

Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy radarlar va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari faoliyat yuritmoqda. Jenisbek Piyazov tomonidan e’lon qilingan videomurojaat, uning transport vositasi bilan bir kun ichida 4 marta jarimaga tortilgani haqidagi ma’lumotlarni yoritadi. Ushbu jarimalar haydovchining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaganligi sababli belgilangan

Yo‘llarda zamonaviy nazorat texnologiyalari

Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida statsionar radarlar, mobil kompleksli radarlar va patrul avtomobillariga o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari joriy qilingan. Ushbu texnologiyalar qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda aniqlab, jarima belgilanadi.  

Piyazovning qoidabuzarligi qanday qayd etildi?

Jenisbek Piyazov o‘z murojaatida, uning transport vositasiga tegishli bo‘lgan 4 ta jarima karorini ta’kidlagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarliklar Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi D 012 “Bektemir sh. - Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 45 va 50 kilometrlaridagi qoʻzgʻalmas ustunga oʻrnatilgan stasionar radarlar orqali va ushbu yoʻlning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga oʻrnatilgan) radarlar orqali yoʻl harakati qoidalarini ya'ni belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilmasdan tezlikni oshirib harakatlanganligi sababli qayd etilgan. 

Tartibga rioya qilish – hayotiy zarurat

"Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish insonlar hayoti va sog‘lig‘ini asrashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Tezlikni oshirish nafaqat haydovchi, balki boshqa yo‘lovchilar va piyodalar hayoti uchun ham xavf tug‘diradi. Shu bois, haydovchilardan avtomobil boshqarayotganda barcha qoidalarga rioya qilish talab etiladi, – deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Теги :
Jamiyat