Samarqandda yigit talashgan qizlarning ota-onasiga chora ko‘rildi
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ikki nafar o‘quvchi qiz yigit sabab janjallashgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ikki nafar o‘quvchi qiz o‘rtasida kelib chiqqan janjal ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Tergov natijalari
Tergov natijalariga ko‘ra, janjalda jabrlangan qiz Ishtixon tumani 15-maktabning 7-sinf o‘quvchisi ekani, unga hujum qilgan qiz esa shu tumandagi 74-maktabning 10-sinfida tahsil olayotgani aniqlandi.
Mazkur voqea bo‘yicha har ikkala o‘quvchi bilan maktab psixologlari, mahalla faollari va profilaktika inspektorlari suhbat o‘tkazdi.
Ota-onalarga ma’muriy jazo
Shuningdek, tuman IIB tomonidan hodisa nazoratga olinib, zo‘ravonlik sodir etgan o‘quvchining ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi birinchi qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Hodisa yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rilishi hamda maktablarda profilaktik ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.



