$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektrosamokatlar uchun ham haydovchilik guvohnomasi talab etiladimi?

eletrosamokat

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda elektrosamokat va shunga o‘xshash transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi qaroriga ko‘ra, moped, skuter hamda texnik ko‘rsatkichlari belgilangan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun A1 toifasidagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Biroq mazkur qarorda individual harakatlanish vositalari bundan mustasno ekani alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Individual harakatlanish vositalariga nimalar kiradi?

Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, dvigatel yordamida harakatlanadigan, bir yoki bir nechta g‘ildirakka ega bo‘lgan va shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan transport vositalari individual harakatlanish vositalari toifasiga kiradi. Ularga elektrosamokat, elektr skeytbord, segvey, monog‘ildirak kabi vositalar kiradi.

Shu sababli bunday transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilmaydi. Shu bilan birga, ularni boshqarishda amaldagi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish zarur. Xususan, elektrosamokat va boshqa individual transport vositalari veloyo‘laklardan, ular mavjud bo‘lmagan taqdirda esa yo‘lning chetki qismidan harakatlanishi lozim.

Теги :
Jamiyat