$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
icci

O‘zbekiston Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Imzo

Adliya vazirligi Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzolaganini ma’lum qildi

Ittifoqchilik shartnomasi haqida

Ushbu hujjat 2024-yilning 18-aprel kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan edi. Shartnoma ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan. Oliy Majlis Senatida hujjat mintaqaviy mojarolarni xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish, davlat chegaralarini demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, suv-energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirish, o‘zaro aloqalarni mustahkamlash kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutishi ta’kidlandi.

Imzolangan hujjatlar

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma haqida “Bugun imzolanayotgan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnomani amalga oshirish uchun barcha darajalarda — parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy idoralar, vazirlik va hududlar o‘rtasidagi muloqotlar samaradorligini oshirish lozim”, degan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi 28 ta hujjat imzolangan. Quyida ulardan ayrimlari keltiriladi:

  • Sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari, xalqaro avtomobilь va aviatsiya qatnovlari to‘g‘risidagi bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnomalar;
  • Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik, agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xarita"lari;
Теги :
Jamiyat