$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Tojikiston qamoqxonasida mahbuslar yana isyon ko‘tardi

Qamoqxona

Vahdat shahridagi 3/2-sonli axloq tuzatish muassasasida IShID terrorchilik guruhiga aloqador to‘qqiz nafar mahbus qo‘riqchilarga qo‘lbola pichoqlar bilan hujum qilib, qochishga urindi.

Halok bo‘lganlar soni ma’lumotlardagidan ko‘proqligi aytilmoqda

Voqea 3-fevral kuni soat 15:44 atrofida sodir bo‘lgan. Uch nafar qo‘riqchi og‘ir yaralangan. Ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslar ma’muriyat talablariga bo‘ysunmagan va natijada muassasa qo‘riqlash xizmati o‘qotar qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. Hujum natijasida uch nafar qo‘riqchi og‘ir tan jarohati olgan. Voqea joyiga yetib kelgan maxsus kuchlar to‘polonchilardan taslim bo‘lishni talab qilgan, biroq ular bo‘ysunmagan. Operatsiya chog‘ida uch mahbus o‘ldirilgan, olti nafari esa qo‘lga olingan. Biroq internetda chop etilgan fotosuratlarga qaraganda, o‘lgan islomchilar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, faqat ikki mahbus tiriklayin qo‘lga olingan.

Mahbuslar haqida

Aniqlanishicha, mahbuslar orasida muqaddam ekstremizm uchun sudlangan Jamoliddin Xasanov ham bor bo‘lgan. 2019-yilda u xuddi shu 3/2-sonli koloniyadagi tartibsizliklarda qatnashgani uchun qo‘shimcha jazo olgan. O‘shanda gijgijlovchilardan biri IShID safiga qo‘shilgan OAV qo‘mondoni Gulmurod Halimovning o‘g‘li Behruz Halimov edi. O‘sha tartibsizliklar natijasida jami 29 mahbus va uch qo‘riqchi halok bo‘lgan.

Birinchi isyon

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 2019-yilning 19-may kuni ham aynan Vahdat muassasada isyon ko‘tarilgan. Unda pichoq va tig‘li buyumlar bilan qurollangan 30 nafar mahbus muassasaning 3 nafar xodimini garovga olib, keyinchalik ularni o‘ldirgan. Shundan so‘ng, ular boshqalarni qo‘rqitish maqsadida yana besh mahbusni qatl etgan. Tojikiston Oliy sudi Vahdat koloniyasidagi 28 nafar mahbusga isyon tashkil etganliklari uchun qo‘shimcha jazolar belgilagan.

Теги :
Jamiyat