$
 12191.25
15.72
 14111.37
-40.25
 154.20
-0.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Global isish o‘g‘il bolalar tug‘ilishini kamaytiryapti

o

Havo haroratining ko‘tarilishi insoniyat demografiyasiga kutilmagan ta’sir ko‘rsatmoqda. Yangi tadqiqotga ko‘ra, havo harorati selsiy bo‘yicha 20 darajadan oshganda, qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar tug‘ilishi kamayishi kuzatilmoqda. Bu haqda PNAS (AQSH Milliy fanlar akademiyasi bayonnomasi) jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga tayanib Euronews xabar berdi.

O‘g‘il jinsidagi homila issiqqa chidamsiz

Oksford universiteti olimlari Sahroyi Kabir janubidagi 33 ta davlat va Hindistondagi 5 milliondan ortiq tug‘ilish holatlarini tahlil qilib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, homiladorlikning erta bosqichida haddan tashqari issiq harorat homila o‘limi xavfini oshiradi, ayniqsa, erkak jinsiga mansub homilalar bunga ko‘proq moyil bo‘ladi.

“Harorat insonning ko‘payishiga fundamental ta’sir ko‘rsatishini hamda kim dunyoga kelishi-yu, kim kelmasligini belgilab berishiga guvoh bo‘ldik”, deydi tadqiqot hammuallifi Abdul G‘aniy.

Tadqiqotchilar aynan 20 darajani tug‘ilish mutanosibligi o‘zgara boshlaydigan chegara sifatida belgiladi. Oldingi tadqiqotlar ham homiladorlik paytidagi issiq harorat ona organizmining termoregulyatsiya (issiqlikni boshqarish) qobiliyatiga xavf tug‘dirishini ko‘rsatgan edi. Agar ona organizmi suvsizlansa, homilaga yetarli miqdorda qon, kislorod va ozuqa moddalari bormasligi mumkin.

Farzand rejalashtirishga ham taʼsir qiladi 

Issiqlik ta’siri faqatgina ona salomatligi bilan cheklanib qolmaydi, balki u farzand rejalashtirishga ham ta’sir qiladi. Yuqori harorat daromad topish imkoniyatini pasaytiradi, bu esa oilalarning farzand ko‘rish qaroriga ta’sir qiladi.

Issiq havo oqimi transport masalasini qiyinlashtirib, abort yoki boshqa reproduktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklashi mumkin. Shuningdek, resurslari kam bo‘lgan va zaif sharoitda yashovchi ayollar iqlim o‘zgarishi oqibatlarini og‘irroq boshdan kechirmoqda, bu esa sog‘liqni saqlashdagi tengsizlikni yanada chuqurlashtirmoqda.

Теги :
Jamiyat