$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston yana 30 million dollar qarz oldi

Dollar

Vazirlar Mahkamasi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Ushbu qaror ijrosi Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov zimmasiga yuklatilgan. 

Mablag‘ qay maqsadda ishlatiladi?

Islom Taraqqiyot bankidan olingan qarz Kichik va o‘rta tadbirkorlikni moliyalashtirishda qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish, taklif etilayotgan moliyaviy xizmat turlarini kengaytirish, shuningdek, islomiy moliyalashtirish salohiyatini oshirish orqali kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida sarflanishi reja qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi shartnoma 

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2024-yil 18-aprelda “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasini moliyalashtirish uchun 3-yillik imtiyozli davr bilan 10-yil muddatga jami 30 mln. AQSH dollari miqdorida hadli va agentlik to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va ITB (Rivojlanish uchun islom birdamlik jamg‘armasi nomidan) o‘rtasida 2024 yil 18 aprelda loyihani moliyalashtirish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga jami 10 mln. AQSH dollari miqdorida qarz bitimi ham imzolangan.

Mablag‘lar loyihada ishtirok etadigan banklarga yo‘naltiriladi

ITB ning 30,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari loyihada ishtirok etayotgan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga va 7,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga resurs sifatida taqdim etiladi. Hujjatda ”ITB qarz mablag‘larini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq (ustama) va foizlar xarajatlari ishtirok etuvchi tijorat banki, Kompaniya hamda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi”, deb qayd etiladi.

Теги :
Jamiyat