$
 12126.10
-32.49
 14171.77
-67.15
 159.11
1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishdagi ishq: Har uch kishidan birining ofisdagi tanishuvi jiddiy munosabatlargacha yetib borgan

ish

Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish, birgalikda kechgacha qolib loyiha ustida ishlash yoki shunchaki koridorda ko‘rishib, tabassum ulashish — ish joyi doim kutilmagan his-tuyg‘ular maskani bo‘lgan. Tadqiqotlarga ko‘ra ofis muhiti odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.

HeadHunter platformasi 900 nafar ish beruvchi va ish izlovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra ishtirokchilarning 54 foizi kamida bir marta hamkasbiga nisbatan iliq his-tuyg‘ularni his qilgan.

Oila qurganlar

So‘rovnomada qatnashganlarning 12 foizi hamkasbi bilan oila qurgan. Yana 17 foizi esa hozir ham u bilan munosabatda. Qo‘shib hisoblasak, har uch kishidan birining ofisdagi tanishuvi jiddiy munosabatlargacha yetib borgan.

Ajrashganlardan ko‘pchiligi esa yaxshi munosabatni saqlab qolgan. Faqat 7 foiz holatdagina munosabatlar janjal bilan yakunlangan.

Jamoatchilik fikri qanday?

Bu borada jamoatchilikning fikri turlicha. Respondentlarning 42 foizi “agar ishga xalaqit bermasa, muammo yo‘q” degan bo‘lsa, 25 foizi bunday munosabatlarga butunlay qarshi. Qolganlar esa “hammasi holatga bog‘liq” degan fikrda.

Qiziqarli jihat: ish joyini tanishish uchun “ajoyib maydon” deb baholaganlar atigi 5 foiz. Demak, aksariyat odamlar hamkasbi bilan munosabat o‘rnatishni maqsad qilmaydi, bu o‘z-o‘zidan yuz beradi.

Ish bilan sevgi bir-biriga halal bermaydimi?

Respondentlarning 44 foizi ish va shaxsiy munosabatlarni aniq ajratish orqali ularni uyg‘unlashtirish mumkinligini ta’kidlagan, 27 foiz bu juftlikning xarakteriga bog‘liq deb hisoblaydi, 19 foiz esa buni har doim murakkab jarayon sifatida baholagan.

Теги :
Jamiyat