$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonda nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 5 million 92 ming so‘m

Ish haqi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekistondagi 2024-yil yanvar-iyun davri uchun nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqini ma’lum qildi. Unda qayd etilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan. 

Hududlar kesimidagi farq

Yarim yil mobaynida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million so‘m), Navoiy (6,6 million so‘m), Toshkent (4,9 million so‘m), Andijon (4,4 million so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,2 million so‘m) kuzatildi. Olti oy davomida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Farg‘ona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Ish haqi faoliyat turlari kesimida

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga so‘nggi marta 2023-yil 1-dekabrdan o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, 1 million 50 ming so‘mni tashkil etgandi. O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlarida quyidagicha taqsimlangan.  

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million so‘m;

Axborot va aloqa — 12,4 million so‘m;

Tashish va saqlash — 7,7 million so‘m;

Sanoat — 6,2 million so‘m;

Savdo — 5,9 million so‘m;

Qurilish — 5,4 million so‘m;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million so‘m;

Ta’lim — 3,5 million so‘m;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 3,3 million so‘m.