O‘zbekistonlik avtoslesar va avtotexniklar Belgiyaga ishga taklif etilmoqda
Ish haqida 2100 yevrodan boshlanadi. Nomzodlar 25-40 yosh oralig‘ida, sudlanmagan bo‘lishi lozim.
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya o‘zbekistonlik 25-40 yosh oralig‘idagi sudlanmagan avtoslesar va avtotexniklarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Sohalar:
Yuk avtomobili va boshqa texnikalarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis (avtoslesar);
Qurilish, qishloq xo‘jaligi va yuk ko‘tarish texnikalari bo‘yicha texnik.
Oylik ish haqi – 2100 yevro.
Talablar
Nomzodlar uchun talablar:
ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
yuk avtomobili mexanigi va elektrigi sohasida texnik maʼlumot;
yuk avtomobili pnevmatikasi, gidravlikasi, elektronikasi va elektrigi sohalarini bilish;
yuk avtomobili tormoz tizimi va dvigatel boshqaruvini bilish;
yuk avtomobili diagnostikasi va nazorat uskunalari bilan ishlash tajribasi;
yuk avtomobilini boshqarish guvohnomasiga ustunlik beriladi;
25-40 yoshdagi erkaklar;
sudlanmagan.
Shartlar
Ishlash uchun ruxsatnoma, ishchi vizasi, ishga joylashish uchun ro‘yxatga olish xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish, aviachipta xarajatlari esa fuqaro hisobidan qoplanishi lozim.
Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 29-avgust kuni soat 14:00 ga qadar davom etadi.
Murojaat uchun 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, barcha savollarga javob olishingiz mumkin.



