Qozog‘istonda yetti nafar o‘zbekistonlik is gazi oqibatida halok bo‘ldi
Ulardan besh nafari voyaga yetmagan bolalar. Bu haqda Mang‘istov viloyati hokimligi xabar berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Mang‘istov viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mamlakat hududidagi yetti nafar o‘zbekistonliklar is gazidan halok bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning besh nafari voyaga yetmagan bolalar
Bugun, 2-mart kuni Mangistau viloyatining Munayli tumani, Basquduq qishlog‘idagi xususiy turar-joy binosida bir oilaning zaharlanishi holati qayd etilgan. Yordam berish uchun yetib kelgan qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida yetti kishini, shu jumladan, besh nafar voyaga yetmagan bolaning jasadini topgan. Mang‘istov viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining dastlabki versiyasiga ko‘ra, fojia gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish natijasida sodir bo‘lgan.
Hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi
Ma’lum bo‘lishicha, marhum O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasida vaqtinchalik yashab kelgan. Favqulodda hodisa sabablarini o‘rganish uchun Mang‘istov viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Erbol Izbergenov boshchiligida komissiya tuzildi. Vafot etgan oilaning qarindoshlariga har tomonlama, jumladan, dafn etishda yordam ko‘rsatiladi. Xabarda vaziyat Mangistau viloyati hokimining shaxsan nazoratida ekani aytilgan.



