Nega YTTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini past baholadi?
YTTB O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini 6 foizgacha pasaytirgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025-yillarda 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Bu haqda bank hisobotida ma'lum qilindi.
Iqtisodiy salohiyat
YTTB hisobotida Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi rivojlanayotgan bozorlar iqtisodiyoti 2024-yilda 2,8 foizga, 2025-yilda esa 3,5 foizga o‘sishi prognoz qilingan. Avvalroq, may oyida o'sish prognozi 3% va 3,6% ni tashkil qilgan edi.
Prognoz pastligi sabablari
Prognozning pastligi bir necha omillar bilan bog‘liq: rivojlangan Yevropa davlatlari iqtisodiyotining zaiflashishi, Qozog‘iston va O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatining turg‘unligi, G‘azo sektorida davom etayotgan mojaro, Marokash va Tunisdagi jiddiy qurg‘oqchilik va hokazo.
“O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga pul o‘tkazmalari va sayyohlar kelishining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda. Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar hisobotida mamlakatning xizmat ko‘rsatish va sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari mustahkamlangani qayd etilgan. YTTB bozorga yo‘naltirilgan islohotlarni davom ettirish va infratuzilma investitsiyalari hisobidan O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025-yillarda ham 6,0 foizga o‘sishini kutmoqda. Biroq, mineral yoqilg'i importining o'sishiga olib kelgan energiya taqchilligi qiyinchilik tug'dirishi va o'sish imkoniyatlarini cheklashi mumkin”, deyiladi hisobotda.



