$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelgusi yilda energetika resurslarining narxlari yana yuqorilaydi

Inflyatsiya

31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 2025-yilda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narx o‘zgarishlari haqida gapirdi.

Ehtimoliy ssenariy

Mamarizo Nurmurodovning ma’lum qilishicha, keyingi yildan elektr energiya 24 foiz, tabiiy gaz narxlari 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, avtomobillarga gaz to‘ldirish narxlari 39 foizga oshishi belgilangan. Rahbar “Energiya resurslarining taqchilligi ortidan narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?” degan mazmundagi savolga quyidagicha javob qaytaradi: “Bularning hammasi bizning 6-7 foizlik inflyatsiya parametrlarimizda inobatga olingan. Siz aytayotgan narsa, albatta, narxlarning oshishiga ta’sir qiladi. O‘zimiz guvoh bo‘ldik, suyultirilgan gaz bo‘yicha birjadagi ahvol, albatta, narxlarga ta’sir qiladi. Ularni biz xatarli ssenariyga qo‘yyapmiz, chunki oldindan baholay olmaymiz. Bizning ssenariy joriy sharoitlar kelgusi yilda ham saqlanib qoladi, tashqi sharoitlarning yomonlashuvi ichki sharoitlarga qanday ta’siri qilishi mumkin, degan holatlardan kelib chiqqan. Siz aytgan ehtimollar, albatta, inflyatsiyani o‘zgartiradi va biz qarorlarimizda o‘zgartirishlar qilishga majbur bo‘lamiz”.

Valyuta kursi qadrsizlanishining inflyatsiyaga ta’siri

Markaziy bank raisi yana shuni ma’lum qiladiki, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3-0,4 foiz salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Uning ta’kidlashicha MB valyuta kursi bo‘yicha prognoz bermaymiz, lekin valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’sirini o‘rganadi. Bankning oxirgi hisob-kitoblariga ko‘ra, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3—0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Endi bevosita oltinning narxiga keladigan bo‘lsak, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri inflyatsiyaga bog‘liq emas, lekin oltindan tushadigan valyuta mablag‘larining kursga ta’siri bo‘ladi. Oltin narxiga to‘xtaladigan bo‘lsak, kelgusi yilda hozirgi darajadan qisman pasaygan holda shakllanishini kutyapmiz, lekin keskin arzonlashishini kutayotganimiz yo‘q”, deydi MB raisi.

Теги :
Iqtisodiyot