Dunyoning "eng aqlli" mamlakatlari ichida Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy dunyoda oʻtkir aql va fikrlash qobiliyatiga ega odamlarni aniqlash juda oson – buning uchun IQ testi ixtiro qilingan.
IQ darajasi - bu odam aql-zakovat darajasining miqdoriy bahosi (aqliy rivojlanish koeffisiyenti), maxsus testlar yordamida aniqlanadi.
lQ darajasi yuqori odamlar koʻp boʻlgan mamlakatlar esa tarqqiy topishi turgan gap. Xoʻsh dunyoda "eng aqlli" mamlakatlar qaysi?
Janubiy Koreya, Xitoy va Eron yetakchi
International IQ test portali tomonidan 2023-ylgi reyting elon qilindi. Aniqlanishicha, Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yashovchi odamlar eng yuqori IQ darajasiga ega. Oʻzbekiston 80-o'rinda qayd etilgan.
Natijalar nimaga asoslangan?
Qayd qilinishicha, IQ test reytingi International IQ test portali orqali ixtiyoriy testdan o‘tgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan. 2023- yilgi hisobotga ko‘ra, 115 mamlakatdan qariyb 1,7 mln kishi bu testni topshirgan.
O'rtacha lQ daraja – 100 ball
Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. 100 dan yuqori qiymatlar o‘rtachadan yuqori, 100 dan past qiymatlar o‘rtachadan past deb hisoblanadi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi.
2023-yilgi IQ darajasi reytingi quyidagicha:
- Janubiy Koreya: 107,54 ball
- Xitoy: 106,99 ball
- Eron: 106,84 ball
- Yaponiya: 106,18 ball
- Singapur: 106,18 ball
- Avstriya: 102,71 ball
- Kanada: 102,6 ball
- Germaniya: 102,36 ball
- Sloveniya: 102,31 ball
- Mo‘g‘uliston: 102,3 ball
Markaziy Osiyo ko‘rsatkichlari
64. Qozog‘iston: 97,26
80. O‘zbekiston: 94,81
89. Qirg‘iziston: 93,46
97. Tojikiston: 92,1
Eng past koʻrsatkichlar
Ro‘yxatning eng oxirida Gabon, Kongo, Angola, Kongo DR, Kot-d’Ivuar, Nikaragua va Gvatemala kabi davlatlar joy olgan.



