$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqand viloyati prokuraturasi 21 ta “ayfon” bo‘yicha izoh berdi

iphones

Samarqand viloyati prokuraturasi xodimlari uchun salkam yarim milliard so‘mga “ayfon”lar xarid qilingani haqida xabar bergan edik. Viloyat prokuraturasi ushbu xarid bo‘yicha izoh berdi.

Rasmiy izohda nima deyiladi?

“Mazkur mobil aloqa telefonlari viloyat prokuraturasi organlarida xizmat qilayotgan rahbar xodimlarga sektor faoliyatini yaxshilash, inson, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida jismoniy va yuridik shaxslar bilan ma’lumot almashishda foydalanish maqsadida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilingan”, — deyiladi rasmiy izohda.

10 milliard so‘m qarz

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 28-dekabr kuni Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 420 million so‘mga 21 dona iPhone 14 Pro Max 1TB smartfonlari va 25,3 million so‘mlik ayni shu modeldagi smartfondan yana bir dona xarid qilingandi. 

Majburiy ijro byurosi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat prokuraturasining jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq 10 milliard 505 million so‘m qarzi bor.

Теги :
Жамият