$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Interpol qidiruviga berilgan o‘zbekistonlik shaxs Misrda qo‘lga olindi

interpol

O‘zbekistonda o‘g‘irlik va tovlamachilik jinoyatlarida gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxs Misrda qo‘lga olindi va ekstraditsiya qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Talaba sifatida yashirinib yurgan

U uzoq vaqt davomida talaba maqomida yashirinib yurgan, biroq Interpol va Misr huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida ushlandi. Rasmiylar fuqaroning shaxsini ochiqlamagan.

Interpol amaliyoti

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, T.X.M. ismli fuqaro Misrda kuzatuv ostiga olinib, yanvar oyida Qohirada qo‘lga olingan. Tegishli huquqiy jarayonlardan so‘ng u O‘zbekistonga olib kelindi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat